Ishchi kerakmi? Atrofingizdagi ishchini bir necha daqiqada chaqiring

PROSTAFF — kunlik ishchi, yukchi, tozalash va boshqa xizmatlar uchun ilova. Ishni yozing — buyurtma atrofingizdagi ishchilar va firmalarga darhol boradi.

PROSTAFF ilovasi belgisi
~15 kmradius
3 tiluz · ru · en
Bepulyuklab olish

Qanday ishlaydi?

Mardikor bozoriga borish yoki o'nlab raqamga qo'ng'iroq qilish shart emas.

1

Xizmatni tanlang

Kunlik ishchi, yukchi, tozalash, bog' ishlari va boshqalar.

2

Ishni yozing

Tavsif, rasm, manzil, to'lov va nechta odam kerakligini belgilang.

3

Ishchi keladi

Buyurtma atrofingizdagi onlayn ishchilarga boradi — birinchi qabul qilgan ishchi yo'lga chiqadi.

⭐ Reyting va sharhlar

Har bir ishdan keyin mijoz baho qoldiradi — eng yaxshi ishchilarni oldindan ko'rasiz.

📍 Yoningizdagi ishchilar

Buyurtma faqat atrofingizdagi ishchilarga boradi, shuning uchun ular tez yetib keladi.

🏢 Xizmat firmalari

Tozalash, ta'mir va boshqa firmalarning xizmatlari va narxlari bir joyda.

Ishchilar uchun

Ish qidiryapsizmi? PROSTAFF'da profil oching va atrofingizdagi buyurtmalarni oling.

  • O'zingiz qulay vaqtda onlayn bo'ling
  • Yangi buyurtma kelganda darhol xabar oling
  • Narxingiz, tajribangiz va ish rasmlaringizni ko'rsating
  • Yaxshi sharhlar bilan ko'proq buyurtma oling

Google Play'dan yuklab olish

Firmalar uchun

Tozalash, ta'mir yoki boshqa xizmat firmasimisiz? Yangi mijozlarni ilovadan oling.

  • Logo, manzil, ish vaqti va galereya bilan profil
  • Xizmatlar va narxlar ro'yxati
  • Buyurtmalarni bitta joyda boshqarish
  • Oylik tarif — har bir ish uchun komissiyasiz

Google Play'dan yuklab olish

Ko'p beriladigan savollar

PROSTAFF nima?

PROSTAFF — O'zbekistondagi ilova. U kunlik ishchi, yukchi yoki xizmat firmasi kerak bo'lgan mijozlarni atrofidagi ishchilar va firmalar bilan bog'laydi.

Ishchi qanday chaqiriladi?

Ilovada xizmat turini tanlaysiz, ish tavsifi, manzil, to'lov va nechta odam kerakligini yozasiz. Buyurtma atrofingizdagi (taxminan 15 km) onlayn ishchilarga boradi, birinchi qabul qilgan ishchi ishni oladi.

Ilova qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek, rus va ingliz tillarida.

Qanday qilib ishchi bo'lib ro'yxatdan o'tish mumkin?

Ilovani Google Play'dan yuklab, telefon raqamingiz bilan kiring va ishchi profilini to'ldiring. Shundan so'ng onlayn bo'lib, atrofingizdagi buyurtmalarni qabul qila olasiz.

Firmalar ham qatnasha oladimi?

Ha. Tozalash, ta'mir va boshqa xizmat firmalari profil ochib, xizmatlari va narxlarini ko'rsatadi hamda buyurtmalar qabul qiladi.

Ishchilarga qanday ishonish mumkin?

Har bir ish tugagach mijoz ishchiga baho va sharh qoldiradi. Ishchining reytingi va oldingi sharhlarini buyurtmadan oldin ko'rasiz.

Ishchini hoziroq chaqiring

Google Play'dan yuklab olish